Новости

Swissagro и CRPT TURON запускают пилот по цифровой маркировке в агросекторе

28 августа 2025 г.

3 просмотров

 

Swissagro и CRPT TURON запускают пилот по цифровой маркировке в агросекторе

С 1 мая по 31 октября 2025 года пять ведущих компаний отрасли — Maxam-Chirchiq, Swissagro, Ifoda Agro Kimyo Himoya, Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals и Schelkova Agrohim-O'zbekiston — тестируют систему, которая позволит защитить рынок от подделок и незаконного ввоза продукции.

С 1 мая 2026 года маркировка станет обязательной для всех видов удобрений и пестицидов. Производителям предстоит интегрировать новые технологии в производственные процессы, модернизировать системы учёта и обучить персонал.

Одним из ключевых этапов пилота стала установка оборудования на площадке СП ООО Swissagro в Ферганской области. 11–12 августа 2025 года специалисты CRPT TURON совместно с интегратором ООО Integrated Trade Solution ITS внедрили техническое решение по нанесению DataMatrix-кодов методом стикерирования. Система учитывает специфику производственных линий и соответствует требованиям национальной информационной цифровой системы Asl Belgisi.

СП ООО Swissagro — современное предприятие по выпуску средств защиты растений и комплексных удобрений. Созданное в 2019 году при участии партнёров из Швейцарии, Украины и Узбекистана, оно оснащено передовым оборудованием и выпускает продукцию в соответствии с международными стандартами качества.
 

✅✅✅


Swissagro va CRPT TURON agrosektorda raqamli markirovkalash bo‘yicha tajribani ishga tushirmoqda

2025-yil 1-maydan 31-oktyabrgacha sohaning beshta yetakchi kompaniyasi — Maxam-Chirchiq, Swissagro, Ifoda Agro Kimyo Himoya, Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals va Schelkova Agrohim-O‘zbekiston — bozorni qalbakilashtirish va mahsulotlarni noqonuniy olib kirishdan himoya qilish imkonini beruvchi tizimni sinovdan o‘tkazmoqda.

2026-yil 1-maydan barcha turdagi o‘g‘itlar va pestitsidlar uchun markirovkalash majburiy bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etishlari, hisob tizimlarini modernizatsiya qilishlari va xodimlarni o‘qitishlari kerak bo‘ladi.

Tajribaning asosiy bosqichlaridan biri Farg‘ona viloyatidagi "Swissagro" MCHJ QK maydonida uskunalarni o‘rnatish bo‘ldi. 2025-yil 11-12-avgust kunlari CRPT TURON mutaxassislari Integrated “Trade Solution ITS” MCHJ integratori bilan hamkorlikda Data Matrix kodlarini stikerlash usuli bilan kiritish bo‘yicha texnik yechimni joriy etdilar. Tizim ishlab chiqarish liniyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi va Asl Belgisi milliy axborot raqamli tizimi talablariga javob beradi.

“Swissagro” MCHJ QK — o‘simliklarni himoya qilish vositalari va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona. 2019-yilda Shveysariya, Ukraina va O‘zbekiston hamkorlari ishtirokida tashkil etilgan korxona ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, xalqaro sifat standartlariga muvofiq mahsulot ishlab chiqaradi.